Huawei 1
Poytaxtning Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog‘ochda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlada Toshkent shahar Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog'ochda qisqa tutashuv sodir bo'lganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, holat boʻyicha izoh berildi

Qayd etilishicha, 10-iyun kuni kech soat 23:59da Yunusobod tumani hududida joylashgan podstansiya "Aksa"dan podstansiya "Sokin"gacha uzunligi 13 kmga yaqin bo'lgan 110 kVli L-Sokin-1 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog'idagi eski simlar yangi zamonaviy rusumdagi havo tarmog'iga almashtirish ishlari olib borilgan.

Tunda ta'mirlash ishlari yakunlangach 110 kVli havo tarmog'iga kuchlanish berilganda, hududdagi 25-ustun (opora)dagi eski farfor chig'anoq muddati o'tganligi bois yuqori kuchlanishda singan.

Ayni vaqtda, "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli ustunlardagi farfor chig'anoqlar yangi shisha chig'anoqlarga almashtirilmoqda.

Tuman hududida, 110 kVli havo tarmog'i orqali elektr energiyasidan uzilishlar yo'qligini, hudud toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangani ma'lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga