Huawei 1
Prezident Nukusdagi «Shorsha baba» qabristoniga borib, Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga borib, Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.

Musa Yerniyazov ko‘p yillar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni bo‘lgan.

Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, marhum xotirasiga maqbara barpo etildi. Bugun bu joy obod ziyoratgohlardan biriga aylangan.

Shundan so‘ng, davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yo‘l oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42604 | Инструменты