Huawei 1
Prezident Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilar bilan suhbatlashdi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilar bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu o‘zbekistonlik sportchining Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.

Yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Xalqimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.

Chempionlar yuksak eʼtibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91614 | Инструменты