Profilaktika inspektorlarining vazifalari takomillashtirilmoqda

Prezidentning “O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni imzolandi.

Farmonga ko'ra, Profilaktika inspektorlari ortiqcha va keraksiz yuklamalardan ozod qilinib, ularning vazifalari 128 tadan 22 taga maqbullashtirilgan holda qat'iy ro'yxat sifatida tasdiqlanmoqda.

Shuningdek, Profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo'nalishlari bilan bog'liq bo'lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi.

Endi, profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yo'l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholashda samaradorlik indikatorlarini o'z ichiga oluvchi reyting tizimi joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты