Pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalarda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda poytaxt aholisi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilib, ruxsatnoma egalari o‘z mahallasi hududidagi to‘xtash joylaridan sutkaning kechki paytidan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar beriladi, bayram va dam olish kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.
Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlar yakunlanganidan so‘ng, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega bo‘luvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilanadi.
Qaror qabul qilingan vaqtda hamshaharlar tanishib chiqishlari uchun belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91116 | Инструменты