Horg‘inlikni his etyapsizmi, unda qahva o‘rniga qora choy iching. Uning salomatlik uchun ko‘p afzalliklari bor, jumladan, qo‘shimcha quvvat berib, tetiklashtiradi, deyiladi EatingWell saytida berilgan tavsiyada.
Quvvat manbai. Choyning barcha turlari orasida kofeinga eng boyi — qora choy. Bir finjon qora choyda bu modda 90-120 mg atrofida bo‘ladi. Diyetolog Kristin Drayer tavsiyasiga ko‘ra, choyning foydali xususiyati oshishi uchun 3–5 daqiqa dam yegani maʼqul.
Diqqatni jamlashda ko‘maklashadi, kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi. Qora choy tarkibida L-teanin bor. U kofeinning ayrim salbiy yon taʼsirlarini bartaraf etadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kofein va L-teanin jamlanmasi xotirani yaxshilab, diqqatni jamlashda yordam beradi.
Antioksidantlar mavjud. Bu moddalar surunkali yallig‘lanishni kamaytirishi, 2-toifali diabet, yurak xastaliklari va saratonning ayrim turlaridan himoya qilishi mumkin.
Yurak uchun foydali. Yurak salomatligi yaxshilanishida har kuni choy ichishning ham o‘z o‘rni bor. Bu ko‘p jihatdan uning tarkibidagi antioksidantlar bilan bog‘liq.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22820 | Инструменты