Qamchiq dovoni yopilgani sababli "Ohangaron — Angren — Pop" qoʻshimcha temiryoʻl reysi amalga oshirildi

"Qamchiq" dovonida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 15-fevral kuni soat 22:40 dan A-373 xalqaro avtomobil yo'li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ hamkorligida fuqarolarga 5202-sonli "Ohangaron — Angren — Pop" yo'nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi va bugun soat 05:20 da “Ohangaron”, “Angren”, “Orzu” temir yo'l bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha 200 nafardan ortiq yo'lovchi poyezdda evakuatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, 5201-sonli "Pop — Angren" yo'nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31221 | Инструменты