Huawei 1
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qamchiq" dovonida yuk avtomobili yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, soat taxminan 7:00 larda O‘sh avtomobil yo‘lining 222 km.da "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. 

Shu sababli soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 08:44 da yo‘nalish avtotransportlar harakati uchun ochilgan.

Hozirga vaqtda yuk mashinasini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42005 | Инструменты