Huawei 1
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Quddusdan Samarqandga parvozlarni yo'lga qo'ydi

Joriy yilning 3-may sanasidan boshlab, “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Isroil poytaxtini O'zbekistonning yana bir tarixiy shahri Samarqand bilan bog'ladi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, aviakompaniya ushbu yo‘nalishda reyslarni dastlab chorshanba kunlari amalga oshiradi. Keyinchalik dushanba kuni ham jadvalga kiritilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va Isroil aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 1994 -yilda o‘rnatilgan bo‘lib, 1995 - yilda Toshkent – Tel-Aviv yo'nalishida birinchi reys amalga oshirilgan. Bugungi kunda ikki poytaxt o'rtasida haftasiga 4 ta muntazam reyslar amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51414 | Инструменты