Joriy yilning 1-iyun kuni "Qanot Sharq" xususiy avaikompaniyasi Samarqanddan Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda O'zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘nalishda reyslar haftada uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi.
Samarqanddan uchush vaqti mahalliy vaqt bilan soat 7:00 ga belgilangan. Chiptalarni hamda qo‘shimcha xizmatlarni Samarqand xalqaro aeroporti kassalarida rasmiylashtirish mumkin.
Avvalroq, “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Quddusdan Samarqandga parvozlarni yo'lga qo'ygani haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51410 | Инструменты