Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51404 | Инструменты