Huawei 1
Qariyb 1,5 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi zavodlardan birida respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan narkotik moddalarning navbatdagi turkumi yo‘q qilinadi. Bu haqda Davlat bojxona qo'mitasi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, O‘zbekiston chegaralarida 2020 yilda 28,4 kg geroin, 124,1 kg opiy, 127,3 kg gashish moyi, 323,9 kg ko‘knor, 692,8 kg marixuana, 223,9 kg gashish va boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan.

Bugun, 24 avgust kuni esa 1 tonna 350 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты