Huawei 1
Qarshi shahar sobiq hokimi davlatga qariyb 60,5 mlrd so'm zarar yetrkazgani uchun uy qamog'iga olindi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, sobiq hokim Jamshid Fozilov o‘zining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari U.Avazov, shahar hokimligi bosh yuriskonsulti Sh.Buxarov, shahar bosh arxitektori Sh.Bo‘ronov, Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali boshlig‘i M.Xushov va boshqalar bilan Qarshi shahri hududidagi yer maydonlari va boshqa infratuzilma obyektlarini noqonuniy ravishda soxta hujjatlar asosida berish haqida jinoiy til biriktirgan.

Aytilishicha, u oxta hujjatlar asosida 2018-2019-yillarda 54 ta holatda umumiy qiymati 60 mlrd 512 mln bo‘lgan 463,212 ming m.kv yer uchastkalarini talon-toroj qilinishiga sababchi bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining joriy yil 20-oktyabrdagi ajrimiga ko‘ra, JPKning 242-2-moddasiga asosan viloyat prokuraturasi tomonidan  kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sudning mazkur ajrimiga nisbatan Qarshi shahar prokurori tomonidan apellyatsiya tartibida protest keltirildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining yakuniy to‘xtamidan keyin jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda tegishli munosabat bildiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты