Huawei 1
Qarshi shahrida 50 o‘rinli hududlararo hospis quriladi

2026-yilga qadar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi 50 o‘rinli hududlararo hospis ochiladi. Bu haqda prezidentning 9-fevraldagi qarorida keltirilgan.

Ma'lum qilinishicha, Hospis Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida tashkil etiladi. Uni qurish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar viloyat mahalliy budjeti hisobidan, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Hospis faoliyatini tashkil etish va uni saqlash bilan bog‘liq masalalar Samarqand, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahridagi hududlararo hospislar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, deyiladi hujjatda.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash maqsadida reabilitatsiya va palliativ yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini, shuningdek, hospislar tashkil etish prezidentning 2017-yil bahorida qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты