Huawei 1
Xorazmda bir oilaning 9 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida bir oilaning to‘qqiz a’zosi is gazidan zaharlandi. Ularning ikki nafari vafot etgan, deya xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 8-dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman FVBga xabar tushib, Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958-yilda tug‘ilgan J.R. hamda nevarasi 2009-yilda tug‘ilgan R.B. uyida vafot etgani bildirilgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan xonadanda 9 nafar fuqaro bo‘lgani, shulardan 2 nafari vafot etgani va qolgan 7 nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruhsat berilgani aniqlandi.

Shuningdek, 2 nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Surishtiruvni Yangibozor tumani prokuroturasi olib borayotgani qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani, Samarqandda xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topilgani, Buxoroda is gazi sabab bir oilaning 5 nafar a’zosi vafot etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты