Huawei 1
Qashqadaryoda 1 yosh-u 4 oylik chaqaloq “Dok-1 Max” sabab vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida yana bir bola "Dok-1 Maks" siropidan vafot etdi

Viloyat SSBning axborotiga ko'ra, Dehqonobod tumanida yashagan 2021-yil 14-avgust kuni tug'ilgan bolakay shamollab qolgani sababli uning yaqinlari 5 kun davomida “Dok-1 Maks” siropini berishgan.

Shundan so'ng bolaning sog'ligi yomonlashib, 27-dekabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelingan.

Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramasdan, 1 yoshli go'dak kecha, 28-dekabr kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy yil 22-dekabr kuni O‘zbekistonda "Dok-1 MAKS" tabletka va sirop dori vositalarining savdosi to‘xtatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 23-dekabrdagi buyrug‘i bilan ushbu dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish belgilangan.

"Sizlardan “Dok-1 Maks” dori vositalarini qabul qilmaslikni, ushbu dori vositalari sotilayotganligi hamda tavsiya qilinayotganligidan xabar topsangiz darhol prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so‘raymiz", deydi viloyat SSB.

Avvalroq, Samarqandda “Dok-1 Maks” preparatidan 18 nafar bola vafot etgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120212 | Инструменты