Respublika FVV Seysmoprognostik monitoring markazi O'zbekistonda yer qimirlaganini xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 14-fevral soat 05:48 da zilzila sodir bo'ldi.
Episentr: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani.
Zilzila koordinatalari: 38,22 gradus shimoliy kenglik; 66,36 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda М=3,6. Chuqurlik 10 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 417 km janubiy-g'arbda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты