Huawei 1
Qashqadaryoda aholining gazballonlarini o‘g‘irlayotgan chilangar-ta’minotchi ushlandi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida aholiga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 100 dona maishiy gaz ballonlarni talon-toroj qilayotganlar ushlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan.

Joriy yilning 12 dekabr kuni tuman suyultirilgan gaz xizmati chilangar-ta’minotchisi N.B. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi A.N. “Tog‘aytemir” MFY iste’molchilariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 100 dona maishiy gaz ballonlarni mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro B.X. ning xonadonida tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilganda olib kelingan ballonlardan tashqari yana 101 ta bo‘sh maishiy gaz ballonlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va FVBga taqdim etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123021 | Инструменты