Huawei 1
Qashqadaryoda bolalarning boshini bir-biriga urishtirgan maktab direktori yuzasidan izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bolalarning boshini bir-biriga urishtirayotgan maktab direktori" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur videodagi holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 13-yanvar kuni bo‘lgan. Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori T.A. 7-sinf o‘quvchilari A.Q. hamda E.T. sinf partasini sindirib, shovqin solib yurganligi vaji bilan o‘quvchilarni shunday nomaqbul tarzda “tarbiyalash”ga uringan.

Maktab direktorining mazkur harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70505 | Инструменты