Soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi

Prezident raisligida o'tkazilgan yig‘ilishda soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi.

Mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatchilik kengashini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma’murchiligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosli takliflarni kiritish topshirildi.

Shuningdek, vazirlarning o‘z sohasidagi yo‘riqnoma va boshqa idoraviy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha vakolati aniq belgilanishi lozimligi ta’kidlandi. 

«Eng barqaror munosabatlar – qonun bilan, yangi islohotlar – Prezident hujjati bilan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish – Hukumat qarori bilan belgilanadi. Ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha faqat idoraviy hujjatlar qabul qilinadi.

Ana shunda, islohotlar natijalari odamlarimizga tezroq yetib boradi», – dedi prezident.

Yig‘ilishda 3-4 ta idora misolida aytilgan tanqidlar boshqa vazirlik va tarmoqlarga ham tegishli ekani qayd etildi.

Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Qurilish, Energetika, Oliy ta’lim vazirliklari, Kadastr agentligi, Avtoyo‘llar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi, Qurilish inspeksiyasi tizimida ham byurokratiya haligacha yuqoriligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu vazirlik va idoralar rahbarlariga bugungi yig‘ilishdan xulosa chiqarib, aholi va tadbirkorlarga xizmatlarni yengillashtirish topshirildi.

Umuman, barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22400 | Инструменты