Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish uchun ajratilgan pullarni talon-taroj qilgan tadbirkor aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida faoliyat yuritadigan “A.B.” MCHJ tomonidan Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan “Navo” mahalla hududidagi ko‘p qavatli turar-joy binolari atrofini obodonlashtirishda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 573,2 mln so‘m pullarni talon-taroj qilinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda bir guruh tadbirkorlar 118,8 mln so'm subsidiya mablag'ini talon-taroj qilgani haqida xabar qilgan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты