Qashqadaryoda qishloqqa bostirib borgan yovvoyi ayiq otib o‘ldirildi

Kecha, 5-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Yashnobod mahallasi hududiga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq tushib kelganligi va qishloqqa bostirib borgan ayiq g‘orga yashirinib olganligi haqida xabar bergan edik

Tabiat resurslari vazirligi qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilganini ma'lum qildi. 5-aprel kuni soat 23:00 atrofida ayiq Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan. Birozdan so‘ng bu yerda mahalliy aholi to‘plangan. Mahalliy hokimlik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi bois ayiq bezovtalanib, jarlikdan tepaga chiqishga uringan. 

Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A.B. atrofga yig‘ilgan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ovchi D.A.ga ayiqqa o‘q uzishga ko‘rsatma bergan. Natijada ayiq otib o‘ldirilgan.

"Toshkent hayvonot bog‘i vakillari hodisa joyiga yetib borganida ayiq nobud bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan va buning oqibatida qo‘ng‘ir ayiqning o‘limiga sabab bo‘lgan mas’ullarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari ko‘riladi", — deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты