Dehqonobod tumanida kuzatilgan sel oqibatida Damas oqib ketib, ichidagi yo‘lovchi halok bo‘ldi. Yo‘ldan adashib, sel yo‘lida to‘xtab qolgan mashina chuqurlikka tushib ketgan
Qashqadaryoda sel tufayli Damas yo'lovchisi oqib ketib, halok bo'ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha 13-oktabr kuni soat 17:30 larda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida “Qo‘ng‘irot” MFY Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel-suvlari oqimi o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ldan adashgan Damas avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash maqsadida sel oqimi o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqurroq qismiga tushgan. Shundan so‘ng haydovchi transport vositasidan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan.
Biroq sel natijasida Damas avtomobil va uning ichidagi yo‘lovchini oqim olib ketgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yo‘lovchi fuqaroning jasadi topilgan.
Avvalroq, O'zgidromet 13-14-oktabr kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты