Huawei 1
Qashqadaryoda shifoxonadagi lift shaxtasidan ayol jasadi topildi

3-avgust kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga qarashli eski temiryo‘l shifoxonasidagi lift shaxtasidan xodimning jasadi topildi

Qayd etilishicha, Qarshi tumanida yashovchi 36 yoshli ayol 8 yildan buyon shifoxonada orastabon bo‘lib ishlagan. U tushga yaqin binodagi liftdan foydalanish paytida uning eshigini ochgan. Taxminlarga ko‘ra, shu paytda lift nosozligi sababli ayol shaxtaga tushib ketgan.

Shifokorlar oradan bir necha soat o‘tganidan so‘ng orastabon ko‘rinmay qolgani sababli shu shifoxonada ishlaydigan singlisiga aytishgan va uni izlashgan. Natija bo‘lmagach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishgan.

20 soat vaqtdan so‘ng, 4-avgust kuni ayol lift shaxtasidan topilgan. Shundan so‘ng, liftdan foydalanish cheklab qo‘yilgan.

"Qachonki og‘ir bemorlarga yoki og‘ir biror narsani olib chiqishga muhtojlik bo‘lganida doimiy ravishda liftyorning o‘zi ishlatib yordam qilib kelgan. Uning ishlashi liftyorning nazoratida bo‘lgan", — dedi shifokorlardan biri.

Qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, marhumning 3 nafar farzandi bo‘lgan, turmush o‘rtog‘i ishlash uchun Rossiyaga ketgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91010 | Инструменты