Huawei 1
Qashqadaryoda soliq xodimi maktab o‘quvchilariga soliqlarni to‘lash haqida eslatma berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14-maktabda soliq inspeksiyasi xodimi 2-sinf maktab o‘quvchilaridan soliqlarni to‘lab qo‘yishni talab qilganligi aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid bu holatni o‘rganmoqda.

"Maktab o‘quv jarayoni ishtirokchisi bo‘lmagan begona shaxslarni ta’limga oid tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda dars jarayoniga kirib borishi va uni buzishi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilishi — mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat!

Bolalar o‘z ota-onalarining soliqqa oid majburiyatlari uchun javobgar emas, hech bir holatda ularni bu jarayonga jalb qilish, ogohlantirish mumkin emas!

Bu bolaning Konstitutsiya va qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga ziddir. Bunday nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tarzda chora ko‘rilishi shart", - deyiladi xabarda. 

Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.

Qayd etilishicha, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты