Qashqadaryoda soliqchilarning tadbirkor 117 mln so'm QQS to'lashi haqidagi qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi MCHJ davlat soliq boshqarmasining harakatidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan korxona faoliyatida kameral tekshiruv o‘tkazilgan. Unda ushbu tashkilot boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalari ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilganligi vaj qilinib, korxonaga nisbatan qo‘shimcha 117,7 million so‘m QQS hisoblash to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilingan.
Soliq kodeksiga muvofiq, huquqni suiiste’mol qilish, bitim qalbakiligi (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek, ularning oqibatlarini qo‘llash soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchi norozi bo‘lgan taqdirda esa — soliq organlarining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur holat yuzasidan, Biznes-ombudsman tomonidan Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan shikoyat arizasi natijasida xususiy korxonaga nisbatan 117,7 million so‘m QQS hisoblash to‘g‘risidagi qaror haqiqiy emas deb topildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60914 | Инструменты