Huawei 1
Qaysi sohada mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yil 1- mart holatiga jami 285 459 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

— savdo sohasida – 105 732 ta

— sanoat sohasida – 40 490 ta

— qurilish sohasida – 24 710 ta

— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 24 636 ta

— yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 15 929 ta

— tashish va saqlash sohasida – 14 658 ta

— axborot va aloqa sohasida – 8 666 ta

— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 6 967 ta

— boshqa sohalarda – 43 671 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31420 | Инструменты