Huawei 1
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi 72 metrli ko‘prikni taʼmirdan chiqardi

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi 72 metrli ko‘prikni rekonstruksiya qildi. Uni qayta tiklash ishlari Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Botken viloyati maʼmuriyati tarqatgan xabarga asoslanib, AKI Press nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, taʼmirlangan ko‘prik Botken viloyati Qadamjoy tumani hududida joylashgan. Ko‘prik Kojoshken daryosi ustida qurilgan.

Taʼmirlangan ko‘prik Qirg‘izistonning Qaytpas-O‘tukchu yo‘li ustida joylashgan. Bu yo‘l chegaradosh O‘zbekistonni Qirg‘iziston ichkarisidagi So‘x anklavi bilan bog‘laydi.

Ko‘prik qayta tiklash ishlari 2024-yilning aprelidan boshlangan. Shu munosabat bilan Qaytpas-O‘tukchu trassasi vaqtincha yopilgan. Asosiy yo‘l yopilgani bois fuqarolar So‘x tumaniga bir muddat Botken tumanining Apkan qishlog‘i orqali o‘tgan yo‘l bo‘ylab borib kelishiga to‘g‘ri kelgan.

Oldinroq ko‘prikni tekshirgan mutaxassislar uni harakat uchun xavfli deb topgan edi. Mazkur yo‘lda harakatlanish intensivligi sababli qo‘shimcha ko‘prik ustunlarini o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Taʼmirlash davomida ko‘prikka yangi asfalt yotqizilgan.

Ko‘prik 10-iyuldan boshlab harakat uchun qayta ochilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты