Huawei 1
Qirg'izistonda sodir bo'lgan zilzila kuchi O’zbekistonda ham sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 24.08.2024 yil, Toshkent vaqti bilan 01:33 da (23.08.2024 yil, Grinvich bo'yicha 20:33 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,82 gradus shimoliy kenglik; 71,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubiy-sharqda.

O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

So'x tumanida 2-3 ball, 37 km.
Farg'ona tumanida 2 ball, 61 km.
Rishton tumanida 2 ball, 62 km.
Farg'ona shahrida 2 ball, 71 km.
Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km.
Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km.
O'zbekiston tumanida 2 ball, 73 km.
Bag'dod tumanida 2 ball, 76 km.
Marg'ilon shahrida 2 ball, 76 km.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91305 | Инструменты