“Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko'paytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-131-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, barcha turdagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni ijaraga berishda 2025-yil 11-martdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
— elektron onlayn auksion savdosini o'tkazish to'g'risidagi xabarnomani e'lon qilish muddati 15 kundan 5 kunga, takroriy savdolarda – 5 kundan 1 kunga qisqartiriladi;
— takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda e'lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;
— har takroriy savdoda lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang'ich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.
2025-yil 1-apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to'lovlarni bo'lib-bo'lib to'lash va to'lov to'liq to'langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu to'lovlar 15 ish kuni ichida to'liq to'lanishi shartligi belgilandi.
2025–2026-yillarda auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar jami maydonining o'rtacha 10–20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40205 | Инструменты