Huawei 1
Qo‘qonda yangi aeroport ochildi

Bugun, 22 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati va Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari Transport vazirligi bilan birgalikda Qo‘qon shahrida rekonstruksiya qilingan terminal faoliyatini ishga tushirdi.

Aeroportning ochilishi doirasida Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Qo‘qonga ilk parvozini amalga oshirdi.

Yaqin kunlarda Toshkent-Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122511 | Инструменты