Iqtisodiyot va moliya vazirligi oradan 12 kun o‘tib, Qo‘yliq o‘rniga Food city‘dagi meva va sabzavotlar narxini eʼlon qila boshladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu muddat davomida ayrim mahsulotlar sezilarli darajada qimmatlashganiga eʼtibor qaratdi.
"Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi. Qo‘yliqning rekonstruksiya bahona yopilishi bir amallab kunini ko‘rayotgan aravakashlar va bozorchilar uchun ko‘rgulik desangiz, yanglishasiz. Bu Toshkent shahri va viloyati barcha isteʼmolchilari uchun qo‘shimcha tovon bo‘ldi.
Demak, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qo‘yliq yopilganidan 12 kun o‘tib Food city‘dagi meva va sabzavotlar narxini eʼlon qila boshladi. Qo‘yliqning oxirgi kuni bo‘lgan 5 yanvarga nisbatan quyidagi meva sabzavotlarning maksimal narxi sezilarli ko‘tarilgan:
Behi 25 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha;
Anor 35 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha;
Sarimsoq piyoz 33 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha;
Limon 22 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha;
Banan 26 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Mandarin 22 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Kivi 22 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Apelsin 19 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha;
Olma 18 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha;
Sabzi 2500 so‘mdan 5000 so‘mgacha;
Piyoz 2200 so‘mdan 2800 so‘mgacha;
Karam 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha;
Qo‘yliq bozori bo‘yicha eʼlon qilib borilgan Bulg‘or qalampiri, Baqlajon va Qovun narxlari Food city‘da ko‘rsatilmagan.
Shuningdek, No‘xat 20 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha oshib ketgan", - deya yozgan iqtisodchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42105 | Инструменты