Huawei 1
Qo'qon " Turkiy dunyoning turizm poytaxti" maqomini olgani munosabati bilan u yerda 30ga yaqin tadbirlar o'tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasida Qo‘qon shahrining “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan bu yil Farg'ona viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, joriy yil avgust-noyabr oylarida Farg‘ona viloyatida, asosan Qo‘qon shahrida 30 ga yaqin madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Xususan, “Turkvision” xalqaro qo‘shiq tanlovini o‘tkazish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rassomlari ishtirokida Qo‘qon shahrining madaniy merosi, tabiati va diqqatga sazovor joylarining rangtasvirini yaratish maqsadida plener tadbirini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shunindek, “Qo‘qon turkiy fotosuratchilar obyektivida” rukni ostida nomdor fotograflar uchun infotur uyushtirish, Holva festivali, Zargarlar festivali, Chavandozlik va ov turizmi festivali, "Kokand Ethnosport challenge - 2022" xalq milliy o‘yinlari va milliy sirk san’ati bo‘yicha xalqaro festival, “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali, Murabbo va shirinliklar festivali, “Vodiy folk” respublika festivali, Oltiariq uzumchilik festivali kabi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.

Qarorda Farg‘ona viloyati, xususan, Qo‘qon shahri turizm potensiali haqidagi materiallarni, festivallar haqidagi anonslarni Euronews va CNN telekanallarida namoyish etish uchun hamkorlik qilish, shuningdek, Qo‘qon va Marg‘ilon shahrini “UNESCO Creative Cities Network” indeksiga kiritish choralarini ko‘rish vazifasi ham belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60913 | Инструменты