Aynan qora pomidor bundan bir necha yil oldin O'zbekistonning Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yetishtirilgan. O'sha paytda uning iqlimga mosligi va aholining bunday pomidorga bo‘lgan ehtiyoji o'rganilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, qora pomidor tarkibida inson organizmini tozalaydigan, miya va yurak faoliyatini yaxshilaydigan antioksidantlar ko‘p.
O‘simlik pigmentlari qon tomirlari va immunitetni mustahkamlaydi, tanadagi ortiqcha suyuqlikni haydashga yordam beradi va shish paydo bo‘lishining oldini oladi.
Qora pomidor aslida qora emas, shokolad rangida bo‘lib, odatdagi pomidorga qaraganda shirinroq hisoblanadi.
Uning “Qora shahzoda”, “Jigarrang shaker”, "Qora fil", "Shokoladdagi zefir" kabi navlari bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты