Nukus shahrida 1 million dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilayapti.
Kichik investitsiyalarga ham yer to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilsa, investorlar Nukus shahri, tuman markazlari va yo‘l bo‘ylarida kamida 2 ming aholini ish bilan taʼminlamoqchi.
Davlat rahbari bunday kichik va o‘rta loyihalarga yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish taklifini maʼqulladi.
Umuman, Qoraqalpog‘istonda amalga oshirsa bo‘ladigan yana 9,5 milliard dollarlik 120 ta istiqbolli loyihalar tayyorlangan.
Sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda yirik Investitsiya forumini o‘tkazish reja qilingan. Masʼullarga forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘i berildi.
Qoraqalpog‘iston tumanlari hokimlari va iqtisodiy kompleks yil yakunigacha 121 ming aholini band qilishi muhimligi taʼkidlandi.
Buning uchun tadbirkorlarning kredit va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalasini tez-tez hal qilish, mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 9 mingta mikro va kichik loyihani ishga tushirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga 636 milliard so‘m yo‘naltirish vazifalari belgilandi.
Shularni hisobiga yil yakunigacha Qoraqalpog‘istonda kambag‘allik darajasi hozirgi 13,6 foizdan 8,5 foizga tushishi hisob-kitob qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90800 | Инструменты