Huawei 1
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Gulaysha Yesemuratova 95 yoshida vafot etdi

22 iyun kuni Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Gulaysha Yesemuratova 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

Gulaysha Yesemuratova 1930 yil 10 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida tug‘ilgan.

1951 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tugatgach, shu yildan boshlab yoshlar gazetasida (hozirgi “Qaraqalpaqstan jaslari”) bo‘lim mudiri, 1957-60 yillarda “Jetkinshek” gazetasi, 1960-90 yillarda “Amudaryo” jurnali bo‘lim mudiri, 1991-2004 yilgacha “Orol qizlari” (“Aral qizlari”) jurnali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Uning “Kashta” (1969), “Xolmurod chaqqon” (1971), “Jayron” (1975), “So‘nggi guvohlar” (1990), “Oydek qiz” (1980), “Qizim, senga aytaman” (1981), “Mingda bir kechirim” (1991), “Duvdendagi daftar” (1992) nomli roman, qissa va hikoyalar to‘plamlari, shuningdek to‘rt jildlik saylanma asarlari (1995-2009) nashr etilgan.

Tarjimon sifatida rus va qardosh xalqlar yozuvchilarining ko‘plab asarlarini qoraqalpoq tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Gulaysha Yesemuratovaning ijodi, ko‘p yillik ibratli faoliyati mamlakat tomonidan yuksak baholanib, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” (1980), “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi” (2012) faxriy unvonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining faxriy yorlig‘i, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti bilan munosib taqdirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты