Qoraqalpog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar 5 nafar fuqaroni pichoqladi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur ish Harbiy prokuratura yurituviga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-yanvar kuni Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismda xizmat o‘tayotgan askar mast holatda harbiy qismdan chiqib ketib, yon atrofdagi xonadonlardan biriga kirib borgan. U yerdagi oshxonadan pichoqni olib, uxlab yotgan uy egalariga hujum qilgan.
Askar 5 nafar fuqaroni pichoqlab, ularga turli darajada jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchilarning biri vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jimoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs ushlangan.
Hozirda harbiy prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10614 | Инструменты