Huawei 1
Farg'onada bolaning og‘ir tan jarohatlar olishiga sabab bo‘lgan enaga ushlandi

Avvalroq, Farg‘onada enagaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.

Ta’kidlanganidek, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan fuqaro M.X ga nisbatan JKning 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 5-yanvar kuni M.X. JKning 117-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 2-qismi “b,v” bandlar bilan gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, ayol O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Mazkur jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga to‘liq baho berilishi ta’minlanadi.

Bolalar ombudsmani ushbu holatda bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10800 | Инструменты