Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi 7 ta yo'nalishda rivojlantiriladi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog'iston Respublikasida Prezident SH.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo'yicha hududlar salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, sohani jadal rivojlantirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida mutasaddilar bilan muloqotda bo'lib, sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuvda Nukus tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish yuzasidan ishchi guruh a'zolari bilan fikrlashib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
- Nukus tumanining qishloq xo'jaligidagi yangi o'sish nuqtasi, avvalo, yer maydonlarini foydalanishga kiritishdir, deydi Vazir J.Xodjayev. - Respublika tumanlari salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, sohada o'sishni ta'minlovchi drayverlar sifatida 7 ta yo'nalish tanlandi. Paxtachilik, g'allachilik va sholichilik yo'nalishlari an'anaviy o'sish nuqtalari etib belgilangan bo'lsa, yerlarni oborotga kiritish, kunjut, pomidor yetishtirish, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish yo'nalishlari yangi o'sish nuqtalari sifatida belgilandi.

Nukus tumani meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtiriladi
Nukus tumanida 1 165 gektar paxta maydonlarini to'liq qisqartirilib, o'rniga eksportbop oziq-ovqat ekinlarini joylashtirish ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda Qishloq xo'jaligi vaziri J.Xodjayev boshchiligida tumanni rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilash yuzasidan dastur ishlab chiqish bo'yicha vazirlik, tizimdagi agentliklar rahbar va xodimlar hamda ilmiy muassasalar olimlaridan iborat 20 kishilik ishchi guruhi o'z faoliyatini boshladi.
Dastlabki tahlillar bo'yicha tuman iqtisodiyoning asosiy o'sish nuqtalari sifatida meva-sabzavotchilik va uzumchilik, issiqxona xo'jaliklari, xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish yo'nalishlari belgilab olindi.

Nukus tumanini 2020-2022 yillarda kompleks rivojlantirish bo'yicha qiymati 399,2 mlrd so'mlik 84 ta loyihalar amalga oshirish va 936 ta yangi ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, qishloq xo'jaligi yo'nalishida jami qiymati 286,3 mlrd so'mlik 44 ta, jumladan, 169 ga maydonda intensiv bog' tashkil etish bo'yicha 6 ta, 1 021 tonna uzum mahsulotini qayta ishlash bo'yicha 1 ta, 61 ga maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish bo'yicha 12 ta, meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish bo'yicha 2 ta, 97 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirish quvvatiga ega 13 ta, 1 059 bosh naslli mollar olib kelish bo'yicha 10 ta loyihalar amalga oshiriladi.

2021 yilda Qoraqalpog'istonda 34,4 ming tonna kunjut doni yetishtiriladi
Kelgusi yilda qiymati 5,0 mlrd so'm bo'lgan quvvati 1,0 ming tonnalik kunjutni qayta ishlash korxonasi tashkil etilib, qayta ishlash quvvatlari 26,2 ming tn ga yetkaziladi.

2020 yilda jami 10 ming ga kunjut ekildi. Ushbu maydonlardan 10 ming tn yalpi hosil yetishtirish shundan 8,1 mln AQSH dollarlik 4,3 ming tn mahsulot eksportga yo'naltirilishi kutilmoqda. Bugungi kunda 24,7 ming tn quvvatga ega 6 ta kunjut donini qayta ishlovchi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar Beruniy tumanida “Olovuddin gunji” korxonasi tomonidan qiymati 1,1 mlrd.so'mlik quvvati 500 tonna kunjutni qayta ishlash loyihasi ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, sohada ilmiy salohiyatni oshirish, urug'chilik, yetishtirish, qayta ishlashga ilmiy yondashishni tadbiq etish maqsadida “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug'chilik va agrotexnologiyasi bo'yicha ilmiy stansiya” tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40422 | Инструменты