Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIO organi xodimlari tomonidan mehmonxona majmualaridan birida reyd tadbiri o‘tkazilgan. Natijada, intim xizmat ko‘rsatayotgan ayollar qo‘lga olingan. Ular orasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

“Qo‘lga olingan xorijliklar migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi va Qozog‘istondan chiqarib yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112702 | Инструменты