Qozog‘istonda ichida 31 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

O‘zbekistonning Aktobe shahridagi Bosh konsulligi Rossiyaning Krasnodar shahridan Qozog‘istonning Sariag‘ash shahriga yo‘l olgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga oldi. 

Bosh konsullik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 12 yanvar kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 819-kilometrida Krasnodar-Sariag‘ash yo‘nalishida 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus buzilib qolgan.

"Qattiq sovuq tufayli dizel yoqilg‘isining muzlab qolishi sababli avtobus to‘xtab qolgan. Aktobe viloyati Xromtau tumani qutqaruvchilari tomonidan yo‘lovchilar Xromtau shahridagi Sherxon lageriga olib ketilgan. Qurbonlar yo‘q, fuqarolar issiqlik bilan ta’minlangan", — deyiladi xabarda.

Hozirda avtobusdagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston hududida ushbu noqulay ob-havo kunlarida qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni Ostonadagi elchixonasi (+717 2954252), bosh konsulliklarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. Olma-ota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) shaharlarida.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston Bosh konsulligi fuqarolardan ob-havo yaxshilanmaguncha Qozog‘iston bo'ylab transportda harakatlanmaslikni so‘ragani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20407 | Инструменты