Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Almata shahrida yaqin kunlarda 12 ballik zilzila sodir bo‘lishi kutilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Seysmolog olimlarning maʼlumotiga ko‘ra, zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q.
"Shu sababli FVV fuqarolardan ushbu maʼlumotga asoslanib, xavotirga tushmasliklarini so‘rab qoladi.
Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra yerda anomal zilzilani vujudga keltiruvchi o‘zgarishlar yo‘qligi maʼlum qilinadi", - deyiladi FVV xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91900 | Инструменты