Huawei 1
Qozog‘istondan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Migrant” tezkor-profilaktik tadbiri natijalariga ko‘ra, 1240 nafar noqonuniy migrant mamlakatdan chiqarib yuborildi. Migrantlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.

Tadbir davomida mamlakatda umumiy 10 mingga yaqin migratsiya qonunchiligini buzganlar aniqlandi. Xususan, yashash muddati o‘tgan 4,5 ming nafar chet el fuqarosi, noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirgan 2,5 ming nafar chet el fuqarosi, shuningdek, 60 nafar noqonuniy taksi haydovchisi aniqlangan.

Sudlar tomonidan 1240 nafar xorijlik fuqaroni mamlakatdan chiqarib yuborildi. Barcha fuqarolarga Qozog‘istonga kirish besh yilga yopildi. Qoidabuzarlarning aksariyati, avvalgidek, qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston fuqarolari. Shuningdek, ular orasida Bangladesh, Misr, Italiya, Nigeriya va Madagaskarlik migrantlar borligi ham aniqlangan.

Chet ellik fuqarolarning kelganligi haqida politsiyaga xabar bermaganligi uchun 2200 nafar shaxs 4 ming dollardan ortiq miqdorda ma’muriy jarimaga tortildi. Shuningdek, chet elliklarni noqonuniy ishga yollagani uchun 500 nafar ish beruvchi ham 65 ming dollari miqdorida jarimaga tortildi. Ayblanuvchilar orasida ilgari ham chet ellik ishchilarni jalb qilish qoidalarini buzgan besh nafar shaxs aniqlandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 395-moddasi — “Qozog‘iston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish qoidalarini bir necha bor buzish” bo‘yicha tergov ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, chet ellik shaxslarning noqonuniy yashashini qonuniylashtirish bilan shug‘ullangan Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan “Noqonuniy migratsiyani tashkil etish” moddasi bo‘yicha 12 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Jumladan, poytaxtdagi universitetlardan birining yotoqxona komendanti 56 nafar mehnat migrantiga pul evaziga talaba sifatida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib bergani aniqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты