Huawei 1
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

2025-yil 7-aprel kuni voyaga yetmagan bola oila a’zolariga moddiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida o‘qishni tashlab, amakisi hamrohligida Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketgan.

Biroq, 2025-yil 2-may kuni Qozog‘iston Respublikasida ushbu voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ota-ona qaramog‘isiz qolgan holatda aniqlanib, maxsus ijtimoiy xizmatlar muassasasiga joylashtirilgan. Garchi bola Qozog‘istonga ishonchnoma asosida olib o‘tilgan bo‘lsa-da, mamlakat amaldagi qonunchiligiga muvofiq, bunday muassasalardan voyaga yetmagan shaxsni faqat uning ota-onasi olib chiqish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bola 2025-yil 20-may kuni O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda ushbu voyaga yetmagan bola qonuniy vakili — onasiga topshirildi. Keyingi bosqichda esa uning yashash hududi bo‘yicha reabilitatsiya choralari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Ma’lumot uchun: joriy yil boshidan buyon Qozog‘istondan jami 12 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Hozirda yana 5 nafar bola davlat yordami asosida qaytarilishini kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71305 | Инструменты