Qurilish korxonalari besh oyda 4 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan

2024-yil yanvar-may oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 32 635 ta yuridik shaxs tomonidan 3,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. 

Shundan 439 mlrd so‘mi, ya’ni 11,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 5,2 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 56,3 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

— QQS - 222,1 mlrd so‘m;
— JShODS - 75,3 mlrd so‘m;
—  ijtimoiy soliq - 64,4 mlrd so‘m;
—  foyda solig'i - 62,2 mlrd so‘m;
—  mol-mulk solig‘i - 7,3 mlrd so‘m;
—  yer solig‘i - 6,9 mlrd so‘m;
—  boshqa soliqlar - 0,8 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70222 | Инструменты