Qur'oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo'lyozmasi O'zbekistonda yaratildi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qurʼoni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qoʻlyozmasini qoʻlda koʻchirish ishlari yakuniga yetdi.
Bu haqda markaz direktori Shoazim Munavvarov ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida maʼlum qilgan.
Ushbu sahifa Boysungʻur Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus koʻchirilgan Qurʼon sahifasining biroz kattalashtirilgannusxa hisoblanadi.
Ma'lum bo'lishicha, sahifani Markaz hattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin oʻgʻli 6 oy mobaynida koʻchirgan.
Maxsus qogʻoz Yaponiyadan, buyoqlar Turkiyadan olib kelingan va sahifaga oʻzbek oltini suvi bilan hal berilgan.
Tabarruk sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qurʼoni uchun jihozlanayotgan xonaqodan joy olishi ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, Islom sivilizatsiyasi markazi qoʻlyozma Qurʼon sahifasini Ginnes roʻyxatiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishgani aytilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40903 | Инструменты