Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilganini aniqladi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi qator hududlarda davlat xaridlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlarini aniqladi.

Farg‘ona viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan 2024 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida o‘tkazilgan jami 4,4 mlrd so‘mlik tanlov savdolarida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:

- Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida 3,5 mlrd so‘mlik 2 ta;

- Farg‘ona viloyat Madaniyat boshqarmasida 490 mln so‘mga yaqin 3 ta;

- Farg‘ona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida 250 mln so‘mlik 1 ta.

Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi va masʼullarga tegishli choralar ko‘rildi.

Toshkent shahar misolida

Hududiy boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarga asosan, Respublika Ixtisoslashtirilgan Terapiya va Tibbiy Reabilitatsiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi buyurtmachiligida 3 ta 2,1 mlrd so‘mdan ortiq hamda Yashnobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan 1,3 mlrd so‘mga yaqin 3 ta tender savdolari boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Maxsus komissiyasi tomonidan tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida mazkur qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Andijon viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Andijon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi buyurtmachiligida boshlang‘ich narxi 200 mln so‘mga yaqin va Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi 900 mln so‘mga yaqin eng yaxshi taklif savdolari bekor qilingan. Shuningdek, Andijon viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan 170 mln so‘mlik tender savdosi bo‘yicha bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Jizzax viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan 2024-yil iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, ijtimoiy sohadagi o‘tkazilgan jami 850 mln so‘mga yaqin tanlov savdolarida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:

- Keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun Jizzax sanatoriyasida 49,9 mln so‘mlik;

- Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasida 360,8 mln so‘mlik;

- RID va KIATMning Jizzax viloyat hududiy filialida 210,0 mln so‘mlik;

- Sh.Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida 20 mln so‘mlik;

- Zafarobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida 200,0 mln so‘mlik.

Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92112 | Инструменты