Raqobat qo‘mitasi 5 ta qurilish kompaniyasidan isteʼmolchilar foydasiga 6,7 mlrd so‘mlik pul mablag‘larini qaytarish choralarini ko‘rdi

Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga fuqarolardan xonadon xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lishlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari (quruvchi tashkilotlar) tomonidan belgilangan muddatlarda xonadonlarni topshirish majburiyatlari bajarilmayotgani yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

Shikoyatlar asosida qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sud organlariga jami 32 nafar isteʼmolchi manfaatida 11 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirish haqida daʼvo arizalari kiritilgan.

Natijada “GLAMUR GOLD”, “TRANSPORT FREE GROUP”, “LUCKY TECHNICAL”, “BROCCOLI PLUS”, “NUR” MCHJlarga nisbatan 16 nafar isteʼmolchi foydasiga jami 6,7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarorlari qabul qilingan.

Ayni paytda qolgan isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan sud ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda, deyiladi qo‘mita bildirishnomasida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122517 | Инструменты