Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mln nafarga yoki 47,4 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha top-10 davlatlar quyidagicha:
Qirg‘iziston— 3 mln nafar;
Qozog‘iston — 2,5 mln nafar;
Tojikiston — 2,5 mln nafar;
Rossiya — 923,8 ming nafar;
Afg‘oniston — 429,4 ming nafar;
Turkmaniston — 341,4 ming nafar;
Xitoy — 250,5 ming nafar;
Turkiya — 161,9 ming nafar;
Hindiston — 73,4 ming nafar;
Koreya Respublikasi — 44,1 ming nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты