Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi bloger (vayner)larga reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:

- fuqaro Shodiyev Jasurbek G‘ulomjon o‘g‘li (jasjannew);

- fuqaro Normamatov Dadabek Baxrom o‘g‘li (allme. uz);

- fuqaro Raxmatov Sherxon Lutfullo o‘g‘li (sherxon.zdss);

- fuqaro Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar o‘g‘li (hojiakbar_ku).

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62316 | Инструменты